
Nikita Tszyu: "O‘lishni xohlamayman"
26 yoshli profestsional bokschi Nikita Tszyu birinchi o‘rta va o‘rta vazn toifalarida ishtirok etayotgan akasi Timofey Tszyu haqida gapirdi.
“Umuman olganda, menga Timning yonida bo‘lish juda yoqadi. U og‘ir yuklarni ko‘taradi. Ammo biz birga sparring tushmaymiz. Birinchidan, u chapaqaylarni shug‘ullantirmaydi. Ikkinchidan, men o‘lishni xohlamayman", - deya Nikita so‘zlarini keltiradi Boxing Scene.
Ma’lumot uchun, Nikita Tszyu (9-0, 7 KO) navbatdagi jangini 28 avgust kuni Sidneyda (Avstraliya) o‘tkazadi. Uning raqibi 28 yoshli avstraliyalik Koen Mazudier (12-3-1, 5 KO) bo‘ladi.
Fikrlar