Nimalar bo‘lyapti? Mbappeni tarkibdan olib tashlashni talab qilishdi!

  • 9 iyul, 2024, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Frank Lebyof hozirgi jamoa sardori Kilian Mbappeni asosiy tarkibda o‘ynatmaslikni so‘radi.

- Kilian Mbappe bilan bog‘liq aniq muammo bor, deb o‘ylayman. Agar sen jarohatlangan bo‘lsang, 100 foiz tayyor bo‘lmasang, o‘ynamasliging kerak.

Mening fikrimcha, futbolchi o‘zining to‘liq imkoniyatidan jamoa uchun yarmini bera oladigan holatda bo‘lsa, demak u yaxshi xizmat qila olmaydi.

Mbappe yaxshi yugura olayotgani yo‘q. Buning ustiga doim niqobini to‘g‘rilash bilan ovora bo‘lmayapti, - dedi Frank Lebyof.

Kilian  Mbappe Germaniya mezbonlik qilayotgan “Evro-2024”da to‘rtta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga atigi bir marotaba yo‘l topdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!