Nodir Islomov "Humo"ning bugungi mag‘lubiyati sababini aytdi

Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Tolyattining "Lada" klubini qabul qildi va 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlar tomonidan kiritilgan to‘rtta shaybaga "qanotlilar" safida Nodir Islomov va Evgeniy Grigorenkolar javob qaytara olishdi xolos.

Bellashuvdan so‘ng OAV xodimlari mikst-zonada "Humo" a’zoasi Nodir Islomovni savolga tutishdi. 

"Lada" bugun o‘z vaziyatlaridan unumli foydalanib g‘alabaga erishdi. Shunday bo‘lsada, bizda uchrashuv so‘nggiga qadar imkoniyatlar yuzaga keldi, yigitlar oxirigacha kurashishdi.

Albatta, gol kiritganingda jamoaga yordam berishni istaysan. Ikki kundan so‘ng TsSK VVSga qarshi bahsda esa yagona maqsad - g‘alaba ilinjida muzga chiqamiz", - dedi Islomov.

Eslatib o‘tamiz, Islomov bugun "Humo" safida ilk bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!