
Nodirbek Abdusattorov Turkiya shaxmat ligasida ikkita medalni qo‘lga kiritdi
Shaxmatchimiz GM Nodirbek Abdusattorov Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiya shaxmat superligasida ishtirok etdi. Musobaqada shaxmatchilar jamoalarga bo‘lingan tarzda 13 raund o‘zaro bahs olib bordilar. Abdusattorov "Turkiya havo yo‘llari sport klubi" jamoasi tarkibida dona surib, uning jamoasi superliga yakuni bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Nodirbek liga yakunida 9 ochko jamg‘arib ikkinchi doskada shaxsiy natijalar bo‘yicha oltin medal sohibi bo‘ldi.
Fikrlar