Nodirbek Abdusattorovga biroz omad etishmadi...

  • 10.04.2025 21:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat

Xabaringiz bor, Frantsiyaning Parij shahrida "Freestyle Chess Grand Slam" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa doirasidagi Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen juftligi doirasidagi chorak final javob bahsi o‘z nihoyasiga etdi. 

Birinchi bahsda mag‘lub bo‘lgan Nodirbek bugungi qarama-qarshilikda g‘alabaga yaqin keldi. Biroq, norvegiyalik shaxmatchi   vaziyatni durang qilish imkonini topdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi Nodirbek musobaqani beshinchi o‘rin uchun kurashda davom ettiradi. Raqib esa frantsiyalik grossmeyster Maksim Vashe-Lagrav.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!