
Nokautlarga boy o‘tgan "UFC 307" turnirini yakunlandi
AQSh ning Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilgan "UFC 307" turniri yakunlandi. Mazkur turnirda ikkita chempionlik jangi bo‘lib o‘tdi. Unda Aleks Pereyra Xalil Rauntrini engib, uchinchi bor kamarini ximoya qilgan bo‘lsa, Julianna Penya yangi chempionga aylandi.
Sports.uz sayti sizga musobaqaning barcha natijalarni taqdim etadi:
Asosiy kard:
Aleks Pereyra Xalil Rauntrini texnik nokautga uchratdi, 4-raund;
Julianna Penya ochkolar evaziga Rakel Penningtonni mag‘lub etdi (48-47, 47-48, 48-47);
Mario Bautista hakamlar qaroriga ko‘ra Joze Aldodan ustun keldi (28-29, 29-28, 29-28);
Roman Dolidze Kevin Xollandni 1-raunddayoq texnik nokaut qildi;
Kayla Xarrison hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Ketlen Vieyra ustidan g‘alaba qozondi (30-27, 30-27, 29-28);
Prelim:
Xoakin Bakli Stiven Tompsonni 3-raund mag‘lub etdi;
Yasmin Lusindo Marina Rodriges ustidan ochkolar evaziga zafar quchdi (29-28, 28-29, 29-28);
Aleksandr Ernandes hakamlar qaroriga ko‘ra Ostin Xabbarddan ustun keldi (27-30, 29-28, 29-28);
Sezar Almeyda Igor Poteryani ochkolar bo‘yicha engdi (30-27, 30-27, 30-27);
Rayan Spenn Ovins Sent-Pryu ustidan 1-raunddayoq g‘alabaga erishdi;
Tesla Pennington Karla
Esparzani hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etdi (29-28, 29-28, 30-27);
Kurt Makgi Tim Minsni 1-raundda sabmishshin orqali engdi.
Fikrlar