
"Nottingem Forest" Frantsiya chempionati yulduzini olib kelmoqchi
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi xizmatiga APLga joriy mavsum qaytgan "Nottingem Forest" klubi qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "Betis" ham Auarni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.
Ussemning "Lion" bilan amaldagi bitimi 2023 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Havbek ushbu yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Fikrlar