Noyob vunderkind ikki oyda butun Evropani zabt etdi
“Bornmut”ning ajoyib topilmasi – 19 yoshli Rayan ayni paytda Yevropaning yetakchi klublari eʼtiborini oʻziga jalb qilmoqda.
TEAMtalk maʼlumotiga koʻra, braziliyalik oʻyinchining noyob isteʼdodi “Real”, “Pari Sen-Jermen”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” kabi qudratli klublarini jiddiy tarzda qiziqtirib qoʻydi. Ushbu jamoalar skautlari hujumchining oʻyinidan “juda katta taassurot olgan”i taʼkidlandi.
Rayan yanvar oyida Braziliyaning “Vasko da Gama” klubidan “Bornmut”ga koʻchib oʻtgan va tezda Angliya Premyer-ligasiga moslashib, jamoaning koʻzga koʻringan oʻyinchilaridan biriga aylandi.
Xabar qilinishicha, futbolchining shartnomasida taxminan 100 million yevro evaziga sotib olish imkonini beruvchi band mavjud. Transfermarkt portali Rayanni 40 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar