Xabib Nurmagomedovning otasiga pnevmoniya tashxisi qo‘yildi
UFC engil vazn chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi va bosh murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovda pnevmoniya kassaligi aniqlandi. Bu haqida sharhlovchi va Nurmagomedovning do‘sti Ramazan Rabadanov o‘zining instagramida xabar berdi.
- Abdulmanap Magomedovich kasal bo‘ldi. U bog‘ni jihozlashga, qator daraxtlar ekishga ulgurdi, biroq kecha Abdulmanap ushbu bog‘ga kela olmadi. Umid qilamanki, do‘stim pnevmoniyani enga oladi, - deya yozib qoldirgan Rabadanov.
Avvalroq, Abdulmanap Nurmagomedov kasalxonada ekanligini tasdiqlagandi.
Fikrlar