Nurmagomedov PSJning kambek amalga oshirishiga ishonmoqda

  • 07.03.2025 16:39
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Rossiyalik UFC jangchisi Usmon Nurmagomedov UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 finali doirasida Frantsiyaning PSJ jamoasining "Liverpul"ga qarshi bahsdagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

- PSJ va "Liverpul" o‘rtasidagi o‘yin men jonli tomosha qilgan eng ajoyib o‘yinlardan biri bo‘ldi. Parijliklarga ozgina kuch etishmadi. Biroq, ishonchim komilki, PSJ javob uchrashuvida o‘zini ko‘rsata oladi, - deya yozdi sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifalarida.

PSJ va "Liverpul" o‘rtasidagi birinchi o‘yin Parijdagi stadionda bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 0:1 hisobidagi minimal mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Ma’lumot uchun, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 11 mart kuni Liverpuldagi "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!