"Nyukasl" 100 million evrolik transferni amalga oshirmoqchi!
"Nyukasl" Viktor Osimxenni 100 million evroga sotib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda "Corriere della Sport" nashri xabar bermoqda.
Yanvar oyida Angliya klubi nigeriyalik futbolchi transferi borasida taklif bilan chiqdi. Biroq "Napoli" mazkur taklifni rad etgandi.
"Qarg‘alar" 23 yoshli goleadorni yozgi transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olishga yana bir bor urinib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Osimxen joriy mavsum A Seriya doirasida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar