
"Nyukasl" "Arsenal" vingerini sotib olmoqchi
"Arsenal" vingeri Emil Smit-Rou jamoani tark etishi mumkin. U kam o‘yin amaliyotidan norozi va takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
"Sky Sports" nashri xabar berishicha, angliyalik futbolchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Klub uni qishki transferlar oynasida qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Smit-Rouning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha tuzilgan. U mazkur mavsum jamoa tarkibida 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Aniqroq qilib aytganda, vinger atiga 136 daqiqada maydonda harakat qilgan.
Fikrlar