"Nyukasl" "Chelsi"dan futbolchi xarid qilmoqchi
"Nyukasl" "Chelsi" yarim himoyachisi Konor Gallaxerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Football Insider" nashrining ma’lum qilishicha, "qarg‘alar" yozgi transfer vaqtida ingliz bilan shartnoma imzolamoqchi. Gallaxerning transferi "Nyukasl"ga 30 million funt sterlingga tushishi kutilmoqda. Qolaversa, jamoa uni ijaraga olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Konor joriy mavsum londonliklar tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va shuncha golga assistentlik qilgan.

Fikrlar