
“Nyukasl” katta xaridni amalga oshirish arafasida turibdi. Transfer summasi – 75 millon evro
"Nyukasl" "Real Sosedad" bilan hujumchi Aleksandr Isak borasida kelishuvga erishdi. “The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, shvetsiyalik hujumchi "qora-oqlar" safiga klub uchun rekord hisoblangan 75 million evro evaziga o‘tadi.
Qolaversa, bu "Real Sosedad" tarixidagi eng qimmat sotuv bo‘lishi mumkin. 22 yoshli hujumchi yaqin vaqt ichida Buyuk Britaniyaga yo‘l olishi va "Nyukasl" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Isak avvalroq Dortmundning “Borussiya” klubi sharafini himoya qilgan. Yangi mavsumda shved futbolchisi Kataloniyaning “Barselona” jamoasi darvozasiga bitta gol urdi. Umuman olganda, hujumchi Ispaniya chempionatida 3 yil davomida 33 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan.
Fikrlar