
"Nyukasl"ning saudiyalik xo‘jayinlari qishda Ismoilni sotib olmoqchi
"Uotford" yarim himoyachisi Ismoil Sarr faoliyatini APLning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli senegallik futbolchini "Nyukasl" o‘z safida ko‘rmoqchi. “Qarg‘alar” uni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida sotib olishmoqchi.
Ammo “Uotford” Sarrni o‘z safida saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Uning ayni damdagi transferi 27 million evroga baholanmoqda.
Ismoil Sarr joriy mavsum “Uotford” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. U jamoaning joriy mavsumdagi to‘purari hisoblanadi.
Fikrlar