"OAV Yamalga katta bosim o‘tkazmoqda"

  • 3 sentabr, 10:08
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente hujumchi Lamin Yamalning rivoji haqida fikr bildirdi.

- 16 yoshidan beri terma jamoada o‘ynayotgan futbolchini qadrlamog‘imiz lozim. U barchasiga o‘z kuchi bilan erishdi. OAV unga juda katta bosim o‘tkazmoqda va u umidlarni oqlash uchun ko‘p mehnat qilishi zarur. Lamin noyob iste’dod egasi, biroq u faqat iste’dodning o‘zi etarli emasligini tushunadi - tabiiy qobiliyatlar doimiy fidoyilik va harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlanmasa, rivojlanish imkonsiz. U aqlli, ma’lumotni tez ilg‘aydi, bu esa daholarga xos xususiyat, - deya de la Fuentening so‘zlarini keltirmoqda Ispaniya OAV.

4 sentyabr kuni "qizil furiya" JCh-2026 saralash bosqichida Bolgariya terma jamoasiga mehmon bo‘ladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!