
Obameyang “Barselona”dan ketadimi?
"Barselona" hujumchisi Per-Emeri Obameyang yozda jamoani tark etmasa kerak.
Kataloniya klubi "Chelsi"ning 33 yoshli gabonlik futbolchi borasidagi 14 million evrolik taklifini rad etdi, deya xabar beradi jurnalist Toni Xuanmarti. “Ko‘k-anorranglilar” Obameyang uchun kamida 20 million evro talab qilmoqda.
Futbolchining o‘zi ham "Barsa"ni tark etish niyatida emas. Obameyang 2022/23 yilgi mavsumda jamoada qolib, asosiy tarkibdagi joy uchun kurashish niyatida. “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, hujumchi Kataloniyada baxtli va o‘z kelajagini boshqa klubda ko‘rmayapti.
Obameyang 2022 yilning yanvaridan buyon "Barselona" safida to‘p tepadi. Hujumchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar