Obameyang Frantsiya chempionatiga yo‘l olish arafasida

  • 18.07.2023 18:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, gabonlik hujumchi "Marsel" bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Biroq "aristokratlar" Obameyang transferidan kamida 12 million evro ishlab olmoqchi. Sababi, klub uni "Barselona"dan deyarli shu summaga sotib olgandi. 

Qayd etish lozim, London klubi uchun ushbu transfer omadsiz bo‘ldi. Obameyang "Chelsi" safida o‘tgan mavsum Premer-liganing 15 uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!