
“Obod” yig‘in davomida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmoqda
“Obod” yangi mavsumga ko‘rilayotgan tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rauf Inileev boshchilik qilayotgan jamoa a’zolari kuniga ikki mahaldan shug‘ullanishni boshlab yuborishdi. Jamoa ertalabki mashg‘ulotlarni "Yoshlik" stadionining "trenajyor" zalida o‘tkazayotgan bo‘lsa, tushlikdan so‘ng "Obod" stadionida shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tayyorgarlikning birinchi bosqichi dekabr oyining 28 sanasiga qadar davom etadi. Yig‘ining so‘nggi kunida nazorat uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar