
OChL-2017: Odil Ahmedov jamoasi safarda mag‘lub bo‘ldi va finaldan quruq qoldi
Bugun OChL-2017 yarim final javob bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda "Urava Red" - "Shanxay SIPG" o‘zaro bahs olib bordi. Kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda maydon egalari Rafael Silvaning yagona goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchishdi.
Tomonlarning Xitoydagi bahsida durang qayd etilgandi - 1:1. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Yaponiya klubi finalga yo‘l oldi. Shu tariqa, finalda "Al Hilol" - "Urava Red" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tadi.
O‘z navbatida, hamyurtimiz Odil Ahmedov uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar