
OChL-2017: “Shanxay SIPG” yaqqol peshqadam yoxud “F” guruhida 3-turdan keyingi vaziyat
Bugun OChL-2017 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlari o‘tkazildi. Ular orasida “Shanxay SIPG” – “Urava Reds” uchrashuvi ham bor.
Shanxayda bo‘lib o‘tgan bellashuvda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa, Odil Ahmedov to‘p tepayotgan “Shanxay SIPG” ushbu bahsdan so‘ng yaqqol peshqadamga aylanib oldi.
Guruhning yana bir o‘yinida “Seul” – “Vestern Sidney Vonderers” qarama-qarshiligi kuzatildi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida zafar quchishdi.
Quyida “F” guruhida 3-turdan keyingi vaziyat bilan tanishishingiz mumkin.
Fikrlar