OChL. “Baniyas” – “Nasaf” uchrashuvini iroqlik hakamlar boshqaradi

  • 11 mart, 2022, 18:51
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” 15 mart kuni BAAda Osiyo chempionlari ligasi pley-off bellashuvida maydonga tushadi.

Bugun OFK 15-mart kuni Abu Dabining “Baniyas” jamoasi bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvning rasmiylarini e’lon qildi. Uchrashuvning bosh hakami etib Ali Sabah Adday Al-Qaysi tayinlangan. Unga qanotlarda Haydar Abdulhasan Ali Ubayda va Amir Dovud Husayn Al-Vindavi yordam beradi. Zaxira hakami sifatida Zaid Tomer Muhammad faoliyat olib boradi. Hakamlarning barchasi Iroqdan. Hakamlar ishini Lenniy Edvard MakGregor nazorat qiladi (Avstraliya). Uchrashuv komissari etib Bachir Chafik Abdul Holiq tayinlangan (Livan).

Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
11/03/2022 19:28
Nasafni asl kuchini kuramiz ushanda. Nasaf bachalari. uzini asrap keldi shungacha. kupgena uyinchila bilan gaplashganimga ham. 3 uyin urtoqli uyin biza uchun devdi. chunki Nasafka achko kerak bulsa. 10 kishi bulib. 14 kishiga qarshi ham uynap solgan yagona kamandaladan.