OChL. Bugun AGMK derbida maydonga tushadi

  • 18 aprel, 2021, 07:35
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start berildi. Kecha O‘zbekiston Superligasi chempioni "Paxtakor" joriy mavsum OChLdagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazdi. Endi navbat yana bir klubimizga etib keldi.

Tecno

Qit’a miqyosidagi eng nufuzli turnirda o‘z debyutini nishonlayotgan AGMK bugun yana Tojikistonning "Istiqlol" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. "Markaziy Osiyo derbisi" Toshkent vaqti bilan 23:59 da start olishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, olmaliqliklar birinchi turdan o‘rin olgan bellashuvni 2019 yilgi chempion "Al-Hilol"ga qarshi o‘tkazgan va 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekkan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Самад
18/04/2021 10:41
Омад йигитлар.