OChL. Bugun "Nasaf" guruhda yaqqol peshqadam bo‘lib olishi mumkin!
Osiyo Chempionlar ligasida 3-tur uchrashuvlariga start berildi.
Bugun yurtimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir jamoamiz o‘z o‘yinini o‘tkazadi. O‘zbekiston Kubogi sohibi "Nasaf" mezbonlar vakili "Al-Faysali"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Mazkur bellashuv oldidan har ikki jamoa 4 ochko to‘plagan va faqatgina to‘plar farqiga ko‘ra "ajdarlar" peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar