OChL. "Navbahor" Neymar va boshqa yulduzlari bor jamoa bilan durang o‘ynadi
Osiyo Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 52-daqiqada Toma Tobatadze hisobni ochdi. Faqatgina 90+10-daqiqa davom etayotgan bir paytda Al-Bulayhi muvozanatni tikladi.
Garchi, lochinlar so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa-da, Osiyo grandi maydonida bir ochko qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar