Ochoa Jahon chempionatlaridagi to‘rtinchi o‘yinini o‘tkazadi
Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilyermo Ochoa 2026 yildgi Jahon chempionatida maydonga tushishi kutilmoqda.
"Marca" "México" nashrining ESPN jurnalisti Jon Satkliffga tayanib xabar berishicha, bosh murabbiy Xavyer Agirre guruh bosqichining so‘nggi turida tarkibni rotatsiya qiladi. Bunga Meksikaning muddatidan avval pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani sabab bo‘lgan.
25 iyun kuni Chexiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda darvoza qo‘riqchisi sifatida 40 yoshli Ochoa maydonga tushishi kutilmoqda.
2025/26 yildgi mavsumda Kiprning AEL klubida to‘p surgan darvozabon uchun bu faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionati hisoblanadi. Biroq u mundialda to‘rtinchi bor maydonga tushadi. Ochoa 2006 va 2010 yildgi musobaqalarda terma jamoa qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsa-da, birorta uchrashuvda ishtirok etmagan.
Ma’lum qilinishicha, tajribali darvozabon Jahon chempionatidan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.
Qayd etish joiz, Jahon chempionatlarida ishtirok etish bo‘yicha rekord hozircha Krishtianu Ronaldu va Lionel Messiga tegishli bo‘lib, ular oltitadan mundialda qatnashgan.
Shuningdek, Chexiyaga qarshi o‘yinni "Milan" hujumchisi Santyago Ximenes ham asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda. U Janubiy Koreyaga qarshi bahsda maydonda 10 daqiqa harakat qilgan edi.

Fikrlar