
Odil Ahmedov “Bunyodkor” uy, mashina va katta maosh taklif qilganda nega rad etgan?
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov “Futbol” TV telekanalidagi “Offside” ko‘rsatuvida bir necha yil avval “Bunyodkor” kuchaygan payt nega bu klubga o‘tmagani haqida gapirdi.
- 2007-2009 yillari “Paxtakor”da moliyaviy inqiroz bo‘lgan. 5-6 oylab maosh olmagan paytlar kuzatilgan. Lekin “Paxtakor” futbolchilarning maoshi borasida hech qachon aldamagan. Yil oxirida doim pullar berilgan.
“Bunyodkor” menga taklif bilan chiqqan. Ular o‘zing rozi bo‘lsang bo‘ldi, qolganini tomonlar gaplashib olamiz deyishgan. O‘ylab ko‘rishimni aytdim. Dadam doim to‘g‘ri maslahat berganlar. Shunda otamga “Bunyodkor” menga uy, mashina va “Paxtakor”dagi maoshimdan 10-15 barobar ko‘p pul taklif qilayotganini aytdim. Ular esa menga hech qachon seni tarbiyalagan “Paxtakor”ni rozi qilmasdan boshqa klubga o‘tma, dedilar. Keyin men “Bunyodkor” vakillariga o‘tmasligimni bildirdim.
Qolaversa, “Paxtakor” rahbarlari bilan bu borada gaplashganman. Ular meni jamoada qolishimni ko‘proq xohlashgan. Shuning uchun “sherlar” safidagi faoliyatimni davom ettirganman, - dedi Odil Ahmedov.
Fikrlar