
Odil Ahmedov jamoasi OChLdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor ushbu hafta Osiyo Chempionlar ligasining 3 tur bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Turning so‘nggi uchrashuvi biroz avval Shanxay Stadiumda o‘z nihoyasiga etdi.
Unda hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p surayotgan “Shanxay SIPG” o‘z maydonida Yaponiya “Jey” ligasi a’zolari “Urava Reds” klubini qabul qildi.
Uchrashuv boshidanoq o‘yin tizginini o‘z qo‘liga olgan mezbonlar 10-daqiqada hisobni ochishdi. “Urava Reds” himoyachilarining o‘z jarima maydonidagi qo‘pol xatosi sababli Shi Ke Nishikava qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etdi. Birinchi bo‘lim yakunida esa Elkesonning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi golga aylandi.
Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasiga kelib shanxayliklar hisobni yirik holga keltirib qo‘yishdi. Chap qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirgan Xalk to‘pni Nishikavaning oyoqlari orasidan yo‘llagan holda mezbonlarning 3-goliga mualliflik qildi. 74-daqiqada esa “Urava Reds” a’zosi Rafael Da Silva 11 metrlik jarima zarbasidan hisobni biroz qisqartirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tar o‘tmas Vaturo Endo hisobdagi farqni bittaga etkazib qo‘ydi. Biroq bu gol uning jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.
Fikrlar