Odil Ahmedov nega "Shanxay SIPG"ni tark etmoqda? Buning sababi ma’lum qilindi

  • 9 sentabr, 2020, 23:40
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Xitoyning "Shanxay SIPG" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov mamlakatning boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tayotgani borasida xabar bergandik.

Tecno

Ko‘pchilikda hamyurtimiz nega shanxayliklar safini tark etib, turnir jadvalining oxirgi pog‘onasida borayotgan "Tyantszin Teda"ga ko‘chib o‘tayotgani borasida savol paydo bo‘lmoqda.

Xitoy nashrlarining yozishicha, "Shanxay SIPG" klubi Angliya Premer ligasi vakili "Brayton" yarim himoyachisi Aaron Muyni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu futbolchi esa Odil Ahmedovning pozitsiyasida to‘p tepadi. Xitoyliklar avstraliyalik xavbek uchun 4 million evro sarflashdi.

Rasman! O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov boshqa klubga o‘tdi (Foto)

EhfMKqCWAAInDlo

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining "Shanxay SIPG"ni tark etishi sabablaridan biri sifatida jamoaga Muyni olib kelingani, deb yozmoqda mahalliy nashrlar.

"Tyantszin Teda" klubiga ayni paytda Janubiy Koreya milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi germaniyalik Uli Shtilike bosh murabbiylik qilmoqda.

Odil Ahmedov 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan 10-turgi bahsdan keyin "Tyantszin Teda" safiga borib qo‘shiladi.

photo_2020-07-17_09-09-02

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
10/09/2020 16:57
qórqoq
Tursunov Azamatjon
10/09/2020 10:06
30 yoshdan oshgan boʻlsaxam yuqori darajada oʻynaydi ku baribir ,qoyil !!!
Tursunov Azamatjon
10/09/2020 10:06
30 yoshdan oshgan boʻlsaxam yuqori darajada oʻynaydi ku baribir ,qoyil !!!
&
Anvarboss
10/09/2020 09:07
кайирда булса хам омад
Алишер Собиров
10/09/2020 08:57
Кайрда уйнаса хам сог саломат булсин
Шундай ватандошим борлишидан фахирланаман
Umarjon G'oyifov
10/09/2020 06:21
Навбахорга келармикин, ёки пахтакоргами.
Umarjon G'oyifov
10/09/2020 06:21
Навбахорга келармикин, ёки пахтакоргами.
&
Бум
10/09/2020 00:23
Yarim yilda navbahorga qaytadi
&
Бум
10/09/2020 00:23
Raqobattan qochti