Odil Ahmedov oldidagi uch variant. U qay birini tanlaydi?

  • 02.08.2020 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov boy tajribaga ega futbolchi sifatida hamon o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ya oladi. Uning faoliyatiga nazar tashlasak, “Paxtakor” (102 ta o‘yin, 16 ta gol), “Anji” (86 ta o‘yin, 3 ta gol), “Krasnodar” (67 ta o‘yin, 5 ta gol) jamoalarida ham doim yuqori marralar uchun kurashgan.

139088

2017 yilda o‘zbek futbolchilari uchun rekord summa – 7 million evro evaziga “Shanxay SIPG” safiga ko‘chib o‘tgan Odil Ahmedov braziliyalik yulduzlar – Oskar va Xalk bilan birga bu jamoani Xitoy chempionati g‘olibiga aylantira oldi. Hozircha, Odil Chin yurtida 52 ta o‘yinda 7 ta gol urishga erishgan.

shanhaj-sipg_148656094920197_3

Joriy yil oxirida Odil Ahmedovning “Shanxay SIPG” bilan shartnomasi yakunlanadi. Hozirdan futbolchimiz yangi taklif ola boshladi. Xususan, Qatarning “Ad-Duxayl” jamoasi uning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.Qatarda transfer mavsumi avgustning boshidan ochiladi va kelasi oy "Ad-Duxayl" Odil Ahmedov bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborishi kutilmoqda. 

Demak, ayni paytda Odil Ahmedovning oldida uchta variant turibdi. Birinchisi, Xitoy klubi bilan amaldagi hamkorlikni uzaytirish.  Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga qaraganda, o‘zbekistonlik legionerning “Shanxay SIPG”dagi maoshi 5 million evroni tashkil qiladi va Odil bu jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.

Ikkinchi variant Qatar chempionatiga ko‘chib o‘tish. Bu transfer orqali Odil Ahmedov tobora yakuniy bosqichiga yaqinlashib borayotgan futbolchilik faoliyatida yangi sahifa ochishi mumkin. Bejizga, Evropada to‘p surgan mashhur futbolchilar faoliyatining so‘nggi bosqichini arab mamlakatlari chempionatlarida o‘tkazmaydi-ku. Qolaversa, Odil O‘zbekiston terma jamoasidagi o‘yinlari orqali arab futboli bilan juda yaxshi tanish.

9714201

Uchinchi variant ham bor. Odil Ahmedov intervyularidan birida O‘zbekiston chempionatiga qaytish ehtimoli borligini ochiq aytgan. Ayniqsa, “Navbahor” muxlislari namanganlik yulduzni o‘z jamoasida ko‘rishni orzu qilishi hech kimga sir emas.

Ko‘ramiz, O‘zbekistonning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi qaysi yo‘lni tanlaydi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Javlon Abdullaev
24/07/2020 16:15
Qanaqa yevropa mashhur futbolchisi rassiyada urtamiyona bugan futbolchi qanaqasiga mashhur buladi
Abbos Axmedov
24/07/2020 20:39
Айтяптику йевропанинг машхур юлдуз фудболчилари араб олкаларида фаолятини якунлайди деб. Одил Ахмедов хам ошалар сингари охирги нуктаси ана оша йердур демокчи сааал чукур мулохаза килса Одам тушунади нима деяпти ман нима йозяман деб
Sardor Usmanov
24/07/2020 21:10
Manimca navbahorda o'ynashi mumkin degan gapiga achiship ketti shekilliga