Odil Ahmedov: O‘zbekiston chempionatidagi har qanday klubda to‘p tepishga kuchim etadi. Biroq kimga qarshi, qaysi futbolchilar bilan o‘ynayman?

  • 17 dekabr, 2021, 12:25
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori va Xitoyning "Tsanchjou Mayti Layons" klubi futbolchisi Odil Ahmedov “Futbol” TV telekanalidagi “Offside” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.

Tecno

Intervyu jarayonida Odil Ahmedov klubdagi faoliyatini davom ettirish borasidagi safolga javob berdi.

- Hozir juda ko‘p narsalar haqida o‘ylayyapman. 2022 yilda yangilik bo‘lib qolishi mumkin. Balki keyingi yili futbol o‘ynamasman. Shunday rejalarim ham yo‘q emas.

Faoliyatimni yakunlash bo‘yicha hamma narsani hisob-kitob qilish lozim. Misol uchun, hozir O‘zbekiston chempionatidagi har qanday klubda o‘ynashga kuchim va iqtidorim etadi. Biroq o‘ylab qarasak, kimga qarshi, qaysi futbolchilar bilan o‘ynayman, degan savol turipdi. Shu tomoni ko‘proq muhim. Men xorijda 10 yil davomida professional futbolchilar, murabbiylar va ishchilar bilan ishladim. Ularni solishtirganda farq katta.

"Navbahor" "BOMBA" transferni amalga oshirishi mumkin. Bu futbolchini namanganlik muxlislar anchadan beri kutadi

Odil Ahmedovga "Arsenal"dan taklif bo‘lgani rost. Futbolchining o‘zi buni tasdiqladi

8701577211295

Odil Ahmedov “Bunyodkor” uy, mashina va katta maosh taklif qilganda nega rad etgan?

“Oltin to‘p” sohibi Rivardo O‘zbekistonda o‘ynadi? Uning yurtimizda faoliyat yuritishiga sabab asosan moliyaviy tomon. Rivaldoga “Bunyodkor”da boshqacha sharoit qilib berilgan. O‘sha payt klubni maqsadi umuman boshqacha edi. Rivaldo to‘p tepgan, nega endi men o‘ynamasligim kerak, degan gap yo‘q. Men solishtirib ko‘rib, bu narsa to‘g‘ri kelmaydi, degan fikrga kelyapman. O‘zbekiston chempionatida o‘nashim mumkin. Lekin bu shuncha paytdagi kareramni pastga tushirib yuborishi mumkin.

Hamma narsaning o‘z vaqti bor. Vaqtida ketishni ham bilish kerak. Bu ham to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin, - dedi Odil Ahmedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
16/12/2021 21:05
Узбекистон Футбол рахбарларига карши жанг килиш керак! Мирзахаким ака билан ва узбек халки билан биргаликда Футбол мафиясига карши чикиш керак!