Odil Ahmedovga "Arsenal"dan taklif bo‘lgani rost. Futbolchining o‘zi buni tasdiqladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov “Futbol” TV telekanalidagi “Offside” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.
Intervyu jarayonida Odil Ahmedov Angliyaning “Arsenal” klubi qiziqqani qanchalik haqiqatligiga oydinlik kiritdi.
- Bu taklif oldinroq bo‘lgan. Osiyo chempionatidan so‘ng “Anji”ga o‘tganman. Rossiya klubi transferimni to‘laligicha sotib olgach, 4 yillik shartnoma imzolaganman. Shunda bir yildan keyin “Arsenal”dan taklif tushgan. Keyin “Anji” klubi rahbari Suleyman Kerimov chaqirib, uning loyihasidagi kerakli inson ekanligimni aytgan. Shuning uchun seni qo‘yib yubormaymiz, degan. Agar chempionlikka erishsak, meni tekinga qo‘yib yuborishini bildirgan va “Arsenal” mavzusi yopilgan.
Futbolda ko‘p narsa o‘yinchining o‘ziga bog‘liq emas. Biror bir jamoaga o‘tishi uchun klublar o‘zaro gaplashib olishi, agentlar kelishishi lozim. Shunda bu transfer amalga oshishi mumkin. "Arsenal" ham qiziqqan. Balki transfer summasi katta bo‘lgani uchun fikridan qaytgandir, - dedi Odil Ahmedov.
Odil Ahmedov “Bunyodkor” uy, mashina va katta maosh taklif qilganda nega rad etgan?

Fikrlar