
Odil Hamrobekov transferi bo‘yicha muhim ma’lumot ochiqlandi!
"Paxtakor" futbolchisi Odil Hamrobekovning boshqa jamoaga o‘tishi haqida mish-mishlar tobora ko‘payib bormoqda. Ushbu transfer yangiligi bo‘yicha SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z Telegram kanalida muhim ma’lumotlarni e’lon qildi.
"Odil Xamrobekov transfer serialining so‘nggi qismi boshlandi. Ayni damda Superligadagi eng qimmat futbolchi sanalgan yarim ximoyachi uchun kurashda 4 jamoa ishtirok etdi: "Paxtakor", "Neftchi", "Nasaf"va "Navbahor".
Avvaliga yarim ximoyachi "Paxtakor"dagi keskin o‘zgarishlar sababli jamoada qolmasligini ma’lum qildi. Keyin "Neftchi"ning taklifini uzoq o‘yladi, ammo tomonlar ko‘p aspektlarda kelisha olmadi. Farg‘onaliklar Benjamin Tiedi bilan shartnoma imzoladi.
"Nasaf" va Berdiev tandemi eski davrlarni qo‘msagan bo‘lsada, Odilni shartnoma bilan (vodiy tomondan yaxshiroq raqamli shartnoma kelgan edi) hayron qoldirmadi. "Ajdarlar" kutilmaganda Marko Stanoevichni ortga qaytardi va yarim ximoyadagi bo‘shliqni berkitdi.
"Navbahor" esa bu kurashning oxirigacha qoldi. Samvel Babayan muzokaralarda a’lo darajada ishladi.
Futbolchi Osiyo kubogi davomida xorijdan kelgan takliflarni ko‘rib chiqadi. Agar variantlar ma’qul kelmasa, uni keyingi klubi aniq "Navbahor" bo‘ladi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar
pasdagi mavzularni koraman desa ochilib letadimiye ozgarib ketadimiye
ардим .Термамиз омадини Бер
син