Odiljon Aslonov "Chempionlar oqshomi"dagi jangini o‘tkazdi (video)
Moskva yaqinidagi Serpuxov shahrida, "Nadejda" sport saroyida "IBA Champions Night" boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda Odiljon Aslonov va Muzaffar Rasulov kabi hamyurtlarimiz ham jang o‘tkazdi.
Aslonov ugandalik Shadir Musa Bvogiga qarshi ringga ko‘tarilib, 5 raund yakuniga ko‘ra, ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan holda 15 ming dollar pul mukofot sohibi ham bo‘ldi.
Shunigdek, Muzaffarov Rasulov ham mezbonlar vakili Stanislav Vasilevni mag‘lub etgani haqida xabar bergan edik.
VID_20230827_003051_353

Fikrlar