Odiljon Aslonov: Kim ko‘proq mehnat qilgan bo‘lsa, o‘sha chempion bo‘ladi
"Universal" sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
-75 kg vazn toifasida Buxoro sharafini himoya qilayotgan amaldagi chempion Odiljon Aslonov mamlakat chempionatini g‘alaba bilan boshladi. Jangdan so‘ng, Aslonov O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bildirdi.
"Qo‘limdagi jarohatdan hali to‘liq forig‘ bo‘lmasdan, ringga chiqib jang o‘tkazdim. Allohga shukr, chempionatni g‘alaba bilan boshladim. Bundan buyog‘iga ham faqat g‘alaba qozonib, chempionlik unvonini o‘zimda saqlab qolishga harakat qilaman. Ammo oldindan hech nima deyolmayman. Sababi raqobat judayam kuchli. Kim kuchli tayyorgarlik ko‘rgan va ko‘proq mehnat qilgan bo‘lsa, o‘sha chempion bo‘ladi. Hozirda o‘zbek boksi dunyoda birinchi o‘rinda. Shuning uchun ham O‘zbekiston chempionatida kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q.
Chempionatdan so‘ng, professional boksda navbatdagi jangimni o‘tkazishni reja qilyapmiz. Jang aniq bo‘lsa xabar beramiz".

Fikrlar