
O‘FF rahbariyati ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi (foto)
Poytaxtimiz markazida joylashgan "Wyndham Tashkent" mehmonxonasi anjumanlar zalida 2025/2026 yilgi mavsum oldidan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov, Oliy liga jamoalari bosh murabbiylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida O‘FF rahbari mamlakat terma jamoalarini yangi mavsumda kutib turgan muhim musobaqalar haqida ma’lumot berar ekan, ularning oldiga qo‘yilgan maqsad, vazifalar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, mamlakat milliy chempionati, O‘zbekiston kubogi musobaqalarini yuksak saviyada tashkil etish, joylarda futzalni yanada rivojlantirish, ommaviyligini oshirish borasi olib borilayotgan chora-tadbirlar, harakatlar samarasi yuzasidan ma’lumot berdi.
— Mamlakatimizda futzalining ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futzalchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish borasida Hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, muhtaram yurtboshimiz tashabbusi bilan qabul qilinayotgan qarorlar muhim omil bo‘lmoqda.
— FIFA, OFK hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi shafeligida futzalimiz mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimiz futboli tarixda ilk bor juda nufuzli musobaqani o‘tkazish FIFA tomonidan O‘zbekistonga ishonib topshirildi. Futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionati O‘zbekistonda muvaffaqiyat bilan o‘tkazildi, — deb ta’kidladi Bekzod Mamatqulov.
Matbuot anjumanida mamlakat terma jamoalari musobaqalari taqvimi, Oliy liga jamoalaridagi holat, O‘FF ishchi guruhining mamlakatimiz viloyatlari bo‘ylab amalga oshirgan tashriflari va samarasi, O‘zbekiston Superkubogiga tayyorgarlik, mazkur uchrashuvga taklif etilgan jahon futboli afsonalari, ular ishtirokida tashkil etiladigan tadbirlar to‘g‘risida OAV vakillarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Quyida brifingdan fotolavhalarni tomosha qiling:


.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)

Fikrlar