Og‘ir atletika. Medallar shodasi yurtimizga nasib etgan jahon chempionatining 9-kunida nimalar sodir bo‘ldi? (barcha urinishlar)

CHERY AUTO

Assalomu alaykum, muxtaram o‘zbek sporti ixlosmandlari! Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.

Bugun ikki nafar hamyurtimiz -109 kg vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Yakunda Akbar Jo‘raev barcha mashqlar va ikki kurash yakuniga ko‘ra oltin medalni qo‘lga kiritdi. Nuruddinov dast ko‘tarishda bronza, siltab ko‘tarishda kumush, ikki kurash yakuni bo‘yicha ham kumush medalga ega chiqdi. Quyida sportchilarning 9-kundagi chiqishining har bir urinishi bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.

Bir necha daqiqalardan so‘ng g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi boshlanadi. Bizni kuzatib borganingiz uchun rahmat!

Afsus! Ruslan 242 kg ni ko‘tara olmadi. Biroq u kumush medali va xalqimiz olqishiga sazovor bo‘ldi. Barakalla, yigitlar!

Ruslan Nurudinov o‘ziga tegishli 241 kg vazn rekordini yangilamoqchi. Vakilimiz 242 kg ga buyurtma berdi!

Arenaga yig‘ilgan muxlislar qahramonlarimizni tinmay olqishlab turibdi!

DAHShAT! Akbar 238 kg vaznli toshni ham ko‘tardi!

Simon o‘zining so‘nggi urinishida ham toshni ko‘tara olmadi. Medallar shodasi muborak!

Martirosyan ikkinchi urinishida 237 kg toshni ko‘tara olmadi! Biznikilarning imkoniyati keskin oshib ketmoqda!

HAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Nuruddinov 236 kg toshni ham ko‘tardi!

236 kg toshni ko‘tarish uchun Ruslan Nuruddinov supachaga chiqdi. Arena uni qo‘llab-quvvatlamoqda!

Taktik o‘yin siltab ko‘tarish bahslarida ham boshlandi. Endi murabbiylar ham katta rol o‘ynaydi.

YaShAVOR! Akbar bu vaznni ham o‘ziga bo‘ysundirdi!

232 kg vaznni ko‘tarish uchun Akbar Jo‘raev supachaga chiqib keldi!

Armanistonlik sportchi toshni ko‘tardi.

Simon Martirosyan ham o‘z yurishini boshladi. Uning birinchi urinishi 228 kg.

MUVAFFAQIYaTLI! Ruslan toshni ko‘tardi!

Yana bir vakilimiz Ruslan Nuruddinov o‘zi uchun qulay bo‘lgan siltab ko‘tarishning ilk urinishida 227 kg vaznli toshga buyurtma berdi.

Hamyurtimiz ilk urinishda 226 kg toshni ko‘tardi! Barakalla!

Xal qiluvchi bahslar boshlandi! Supachada Akbar Jo‘raev!

Amir Azizi so‘nggi urinishda 218 kg vaznga ega toshni ko‘tara olmadi.

Rafa Kastilo ham o‘z urinishlarini muvaffaqiyatsiz yakunladi. So‘nggi buyurtma 216 kg ga bo‘ldi.

Xuddi shu sportchining uchinchi urinishi ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Zabt etilmagan tosh - 215 kg.

"Kun chiqar yurt"dan tashrif buyurgan Mochida ikkinchi urinishda 215 kg toshni bo‘ysundira olmadi.

Uilson so‘nggi urinishida 214 kg ni ko‘tara olmadi.

Uchinchi urinish uchun 210 kg toshga buyurtma berdi va mashqni muvaffaqiyatli yakunladi.

Ian Uilson ikkinchi urinishda 210 kg toshni ko‘tardi.

Kolumbiyalik Kastilo ikkinchi urinishda 210 kg vaznga ega toshni bo‘ysundirdi.

Amir Azizi ikkinchi urinish uchun 208 kgga buyurta berdi va uni ko‘tardi.

Yaponiyalik Ryusuke Mochida ilk urinishida 208 kg toshni ko‘tardi.

Hakamlar eronlik sportchining urinishini qayta ko‘rib chiqdi va o‘z fikrida qoldi.

Sulaymoni so‘nggi urinishida 206 kg vaznga ega tosh oldida ojiz qoldi.

Xristov ikkinchi urinishda 206 kg toshni ko‘tardi.

Alirizo Sulaymoni ikkinchi urinishda 206 kg vaznni bo‘ysundira olmadi.

AQSh vakili Ian Uilson birinchi urinishda 205 kg toshni ko‘tardi.

Agren uchinchi urinishida ham 202 kg toshni ko‘tara olmadi. Ammo "salto"ni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Dast ko‘tarish bahslarini butunlay muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan kolumbiyalik Rafael Kastilo siltab ko‘tarishdagi ilk urinishida 202 kg toshni ko‘tardi.

Ikkinchi urinishi uchun 200 kg toshga buyurtma bergan Shtefan Agren uni ko‘tardi. Biroq referilar mashqni muvaffaqiyatsiz, deb topdi.

Sargis Martirosyan siltab ko‘tarish bahslaridagi uchinchi urinishidan voz kechdi.

Bolgariyalik Xristo Xristov birinchi urinishda 200 kg toshni ko‘tardi.

Amir Azizi ikkinchi ilk urinishda 198 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi.

Sargis ikkinchi urinishda 195 kg vaznni ko‘tardi.

195 kg vaznni ko‘tirish uchun eronlik Alirizo Sulaymoni supachaga chiqdi. Muvaffaqiyatli.

Avstriyalik Sargis Martirosyan 195 kg toshni ko‘tara olmadi.

Ilk urinish shvetsiyalik Shtefan Agren tomonidan amalga oshirildi va u 190 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi.

Siltab ko‘tarish bahslariga start berildi.

Dast ko‘tarishdagi yakuniy jadval:

jadval

Dast ko‘tarish bahslari qizg‘in ruhda yakuniga etdi. Endi siltab ko‘tarish mashqlari boshlanadi!

So‘nggi urinishda Martirosyan 196 kgni ko‘tara olmadi. Akbar Jo‘raev oltin medalni qo‘lga kiritdi!

AKBAR JO‘RAEV uchinchi urinishda 195 kgni ko‘tardi! Yashavor, Akbar!

akbar jo‘raev

Taktik o‘yin boshlanib ketdi. Sportchilar vaznni bir-biriga qarab oshirmoqda.

Armanistonlik murabbiylar vaziyatni qayta ko‘rib chiqish uchun hakamlarga murojaat qildi. Ammo referilar o‘z fikrida qoldi!

Supachaga 195 kg toshni ko‘tarish uchun Martirosyan chiqib keldi va mashqni muvaffaqiyatsiz yakunladi! U toshni ko‘targan bo‘lsa-da, hakamlar urinishni hisobga olmadi.

Akbar Jo‘raev ikkinchi urinishida 192 kg vaznli toshni ko‘tardi! Ajoyib!

Referilar vaziyatni qayta ko‘rib chiqdi. Yakunda Ruslan toshni ko‘tarmaganligi ma’lum bo‘ldi. Arenada hushtakbozlik.

photo_2021-12-16_16-48-06

Ruslan uchinchi urinishda 189 kg toshni ko‘tardi! Barakalla! Ammo hakamlar urinishni muvaffaqiyatsiz, deb topdi. Afsus...

Sportchilarimizning asosiy raqibi armanistonlik Simon Martirosyan ilk urinish uchun 188 kg toshga buyurtma berdi va uni ko‘tardi.

AKBAR JO‘RAEV 185 kg toshni ko‘tarish uchun supachaga chiqdi. Yashavor! Akbar ham toshni ko‘tardi!

Nuruddinov ikkinchi urinishida ham xuddi shu vaznga buyurtma berdi. AJOYIB! Vazn ko‘tarildi!

RUSLAN NURUDDINOV supachaga chiqib keldi. Afsus, hamyurtimiz toshni ko‘tara olmadi.

Alirizo Sulaymoni ham so‘nggi urinishini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Farqi, unda tosh 179 kg.

Eng yosh sportchi Xristov so‘nggi urinishda 178 kgni bo‘ysundirdi.

Ian Uilson so‘nggi urinishda 178 kg toshni ko‘tara olmadi. U ham siltab ko‘tarish mashqlariga qadar dam oladi.

Amir Azizi uchinchi urinishda 176 kg vaznni ko‘tara olmadi va dast ko‘tarish mashqlarini muvaffaqiyatsiz yakunladi.

176 kg toshni ko‘tarish uchun supachaga chiqqan Xristo Xristov mashqni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Okeanorti vakili Uilson ikkinchi urinishda 175 kg vaznni bo‘ysundirdi.

Sargis Martirosyan uchinchi urinishda 173 kgni ko‘tardi va siltab ko‘tarish bahslariga qadar dam oladi.

Ryunosuke so‘nggi urinishda ham 172 kgni ko‘tara olmadi. Yaponiyalik sportchi uchun ham dast ko‘tarish mashqlari yakuniga etdi.

Alirizo Sulaymoni ikkinchi urinishda 172 kgni ko‘tardi.

Avstriyalik Martirosyan ikkinchi urinishida ham 172 kgni o‘ziga bo‘ysundira olmadi.

172 kg vazn uchun yaponiyalik Mochida Ryunosuke supachaga chiqdi va mashqni muvaffaqiyatsiz amalga oshirdi.

Yana bir eronlik sportchi Alirizo Sulaymoni birinchi urinishda 172 kg vaznni ko‘tara olmadi.

Avstriyalik Sargis Martirosyan 172 kg toshni ko‘tara olmadi. U bizning sportchilar bilan oltin medal uchun kurashayotgan Martirosyan emas!

Azizi ikkinchi urinishda 171 kgni ko‘tardi.

170 kg vaznli toshni ko‘tarish uchun supachaga Xristo Xristov chiqib keldi. Bolgariyalik sportchi buni ortiqcha qiyinchiliksiz amalga oshirdi.

AQSh sharafini himoya qilayotgan Ian Uilson birinchi urinishda 170 kg vaznga ega toshni ko‘tardi.

166 kg toshga buyurtma bergan eronlik Amir Azizi mashqni muvaffaqiyatli bajardi.

Rafael so‘nggi urinishda ham toshni ko‘tara olmadi. Uning uchun ham dast ko‘tarish yakuniga etdi.

Kastilo 165 kgni ikkinchi urinishda ham ko‘tara olmadi.

Kolumbiyalik Rafael Kastilo ilk urinishda 165 kgni o‘ziga bo‘ysundira olmadi.

Yaponiyalik Mochida Ryunosuke birinchi urinishda 165 kg toshni ko‘tardi.

Shtefan o‘zining so‘nggi urinishida toshni bo‘ysundira olmadi. Uning uchun dast ko‘tarish bahslari yakuniga etdi.

Agren ikkinchi urinishda toshni ko‘tardi va endi 160 kgga buyurtma berdi.

155 kg toshga buyurtma bergan shvetsiyalik Shtefan Agren uni ko‘tara olmadi.

16:10. Atletlar o‘z chiqishini boshlamoqda! Birinchi bo‘lib dast ko‘tarish mashqlari o‘tkaziladi.

16:03. E’tibor markazida musobaqa hakamlari. Ular ham birma-bir tanishtirilmoqda.

16:02. Sportchilarga tayyorgarlik uchun 10 daqiqa taqdim etildi.

16:00. Barcha sportchilar shohsupaga ko‘tarildi. Anonserlar ularni birma-bir tanishtirmoqda.

15:55. Arenaga yig‘ilgan muxlislar sportchilarni qo‘llab-quvvatlab turibdi. Start 16:00ga belgilangan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!