Og‘ir atletikachilarimizning Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum

BEPUL PROPAN

Shu yilning 16-29 aprel kunlari Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning eng kuchli atletlarini jamlaydigan mazkur Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz ham ishtirok etishadi.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi delegatsiyamiz ayni paytda mazkur turnirga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Musobaqada ishtirok etuvchi tarkibimiz bilan tanishing:
Erkaklar:
-73 kg: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov
-96 kg: Farhod Sobirov
-102 kg: Sunnatilla O‘sarov
-109 kg: Akbar Jo‘raev
+109 kg: Rustam Jangabaev
Ayollar:
-55 kg: Muattar Nabieva
-87 kg: Dolera Davronova

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!