OKMK darvozaboni bilan xayrlashdi
OKMK jamoasi va mahoratli darvozabon Valijon Rahimov o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilindi.
2020 yildan buyon "konchilar" darvozasini qo‘riqlab kelgan iste’dodli kiper bunga qadar bir necha sovrini o‘rinlarni qo‘lga kiritishga ham ulgurdi. Xususan, ikki bor bronza (2020-2021) va bir bor kumush (2024) medallariga ega chiqdi.
Shuningdek, OKMK FK tarkibida xalqaro maydonlarda ham harakat qilgan Valijon Rahimov ushbu davr mobaynida O‘zbekiston terma jamoasiga ham chaqirildi.
Fikrlar