OKMK yozgi yig‘inni o‘tkazish uchun Belarusga jo‘nab ketdi. Tarkibda kimlar bor?

  • 6 iyul, 2024, 16:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumning ikkinchi davrasiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida OKMK jamoasi yozgi xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Belarus davlatida o‘tkazadi.

Tecno

Ikki hafta (6 iyul - 20 iyul) davomida Belarusda mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘radigan OKMK yig‘in doirasida uchta nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo‘lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

OKMK jamoasining Belorus yig‘iniga yo‘l olgan to‘liq tarkib ro‘yxati quyidagicha:

Murabbiylar shtabi

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Katta murabbiy: Aleksandr Volkov

Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev

Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Marat Axmerov

Murabbiy: Davron Fayziev

Darvozabonlar murabbiyi: Murodjon Zuhurov

Jamoa ma’murlari: Ruslan Shaymardanov / Sherzod Yunusov

Shifokor: Islam Abaev

Massajchilar: Abdulla Rizboev / Nurbek Jo‘raev

Operator: Sherzod Boyirov

Futbolchilar:

Darvozabonlar: Valijon Rahimov, Dilshod Yoqubov, Javohir Ilyosov

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jaev, Sardor Rahmonov, Dilshodbek Ahmadaliev, Avazbek O‘lmasaliev, Akramjon Komilov, Saidafzalxon Ahrorov, Eldorbek Begimov.

Yarim himoyachilar: Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov, Baxtiyorjon Qosimov, Oybek Rustamov, Azizbek Bahromov, Nodirbek Abdurazzoqov, Murod Ermatov, Shohruh Gadoev, Arihiro Sentoku, Giorgi Papava, Irakli Ruhadze.

Hujumchilar: Ali Abdurahmonov, Aziz  Xolmurodov, Ruben Sanches.

OKMK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!