Oleg Zoteev qachon tarkibga qaytadi?

  • 11.10.2020 21:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bo‘lsa, Janubiy Koreyaning “Chonnam Dragons” jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Oleg Zoteev iyul oyining oxirlarida jarohat olib bir necha oyga safdan chiqqandi.

Xo‘sh, hozirgi paytga kelib uning sog‘ligi qanday? Bu borada futbolchi sports.uz saytiga qisqacha shunday dedi:

- Yana biroz vaqt bor, hali jamoaga qaytganim yo‘q. Mana, endi asta-sekin mashg‘ulotlarni boshladim. Asosan to‘p bilan ishlashga kirishdim. Menimcha, 10-15 kunda o‘ynarman, yana bilmadim, - dedi Zoteev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!