"Oleg Zoteevning javobini kutyapmiz" - "Lokomotiv"da yana qanday yangiliklar bor? Bosh murabbiy javob berdi

  • 17 yanvar, 2023, 21:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Pro ligaga tushib ketgan “Lokomotiv” klubi endi Superligaga qaytish uchun astoydil kurashishi turgan gap.

“Temiryo‘lchilar” 2022 yilgi xatolardan kerakli xulosalarni chiqarib, bu mavsumda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ular uchun asosiy vazifaga aylangan.

Shuning uchun bu klub darhol tarkibini kuchaytirishga kirishib ketdi. Natijada bir qator legionerlar bilan shartnomalar tuzildi. Bosh murabbiy Denis Korostichenko “Lokomotiv”ning selektsiya ishlari, tayyorgarlik rejalari va yana boshqa masalalarda fikr bildirdi.

“Turkiya”da bir qator o‘yinlar bo‘ladi”  

- 5 yanvardan tayyorgarligimizni boshlaganmiz, hammasi yaxshi ketyapti. Albatta, ob-havo noqulay keldi. Rejamiz bo‘yicha kuniga ikki mahaldan shug‘ullanishimiz ko‘zda tutilgan. Lekin ob-havo sovub ketgani uchun endilikda bir mahaldan mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Trenajyor zalida va yana alohida manejda ishlayapmiz. To‘p bilan ham futbolchilar alohida ishlashyapti. 20 yanvar kuni xorij yig‘ini uchun Turkiyaga jo‘nab ketamiz. U erda 6 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan. 4-5 ta jamoalar bilan o‘yinlarimiz aniq. “Krasnodar-2” (Rossiya), “Dukadji” (Kosovo), “Bostivar” (Makedoniya), UFA (Rossiya), “Enisey” (Rossiya) kabi klublar bilan maydonga tushamiz. Shuningdek, Rossiyaning “Nijniy Novgorod” klubi bilan ham gaplashgandik. Bizga hali javob aytgani yo‘q. Turkiyadan 10 fevralda qaytamiz. Shundan so‘ng chempionat boshlanishiga 3-4 hafta qoladi. Qolgan har bir haftaga bittadan o‘yin tashkil etamiz.

denis_3

“Ko‘p futbolchilarni pro ligaga borgisi kelmaydi”

- Legioner o‘yinchilar olayotganimiz sababi hozirgi paytda yaxshi o‘yinchilar qolmagan, o‘z klublariga ega. Bu yil pro ligada o‘ynaymiz. Ko‘p futbolchilarni pro ligaga borgisi kelmaydi. Superligani ma’qul ko‘radilar. Shuning evaziga bizga yaxshi futbolchi topish qiyin bo‘ldi. Ha, o‘yinchi topsak bo‘lardi, ammo unda saviyasi o‘rtachasi chiqadi. Kimdir jamoasiz qolgan yoki klubi javob berib yuborgan futbolchilarni olmaslikka qaror qildik. Biz Superligaga tayyor jamoa sifatida qaytishni istayapmiz. Shuning evaziga keyingi yilga katta transferlar qilmoqchi emasmiz. O‘tgan yilgi tarkibimizdan ikkita legioner - Samuel Opex va Manuchexr Safarov qolgan. Bu yil rossiyalik Ivan Solovyov, makedoniyalik Boyan Naydenov, tojikistonlik Rustam Soirov, darvoqe, o‘tgan yili Soirovni olmoqchi edik, biroq o‘xshamagandi. Shuningdek, bizdagi asosiy vazifa yaxshi hujumchi topish edi. Chunki O‘zbekistonda zo‘r hujumchilar juda kam. Natijada xorvatiyalik Jujulni taklif qildik. O‘yinini ko‘rdik, gaplashdik. Agenti bilan muzokara o‘tkazdik. Mashg‘ulotimizga qo‘shilgan. Barchasi natija ko‘rsata oladi, deb umid qilaman.

“Zoteevni oldida variantlari ko‘p”

- Biz yana bir futbolchining javobini kutyapmiz. Bu – Oleg Zoteev. Uni jamoamizda olib qolishga harakat qilyapmiz. Agar qolsa, juda yaxshi bo‘lardi. Tajribali o‘yinchi kerak. Marat Bikmaev ham kelgan, buni bilasiz. U ham jamoamizga yordam beradi. Zoteevni oldida variantlari ko‘p. Muzokara olib boryapmiz. Agar boshqa variantlari bilan bir to‘xtamga kelmasa, biz uni olib qolishga harakat qilamiz. Ayni paytda Oleg “Lokomotiv” mashg‘ulotida qatnashyapti.

denis1_2

“Natijaga birgalikda javob beramiz”

- Mirko Yelichich bilan ikkimiz ishlayapmiz. Bizda kim bosh murabbiyligining yoki yordamchi ekanining ahamiyati yo‘q. Ikkalamiz jamoani shug‘ullantiryapmiz va natijaga birgalikda javob beramiz.

Shuhratbek Jo‘raev.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!