
Olimpiada chempioni jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Parij-2024" Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev prezident sovg‘a qilgan avtomobilida belgilangan tezlikdan yuqori harakatlangan videosi tarqaldi.
Sportchi shahar markazida o‘z avtomobilida 110 km/soat tezlikda harakatlangan. Mo‘ydinxo‘jaevning bu ishi keng jamoatchilik muhokamasiga va e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, sportchimiz jarimaga tortilgan.
"Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128 prim 3-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar