
Olimpiada finaliga chiqqan Ulug‘bek Rashitov: Hozir yosh sportchilar ko‘proq g‘alaba qozonmoqda
Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ilk medalni kafolatlagan Ulug‘bek Rashitov yarim final bellashuvidan keyin "Sport" kanalining Tokio shahrida bo‘lib turgan jurnalistlariga maxsus intervyu berdi.
"To‘g‘risini aytsam, hissiyotlarimni to‘liq ko‘rsatib bera olmayapman. Chunki hali O‘zbekiston tarixida taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari medali yo‘q edi.
Ikkinchi jangimda janubiy koreyalik raqibimga qarshi bahs olib bordim. Bu eng qiyin bellashuv bo‘ldi. Yoshligimdan uning janglarini ko‘rib, unga o‘xshashga harakat qilganman.
Hal qiluvchi final jangida ham bor kuchimni namoyish etib, g‘alaba qozonaman! Raqiblarimning yoshi kattaligi? Aksincha, hozir yosh sportchilar ko‘proq g‘alaba qozonmoqda",-deya o‘z fiklarini bildirib o‘tdi yosh yulduzimiz.
Fikrlar