Olise Evropada assistlar bo‘yicha peshqadamlikni yanada mustahkamladi
"Bavariya" qanot hujumchisi Maykl Olise Chempionlar ligasi chorak finalida "Real"ga qarshi ilk bahsda (2:1) golli uzatma muallifi bo'ldi.
Fransiyalik futbolchi shu tariqa joriy mavsum barcha musobaqalar doirasidagi assistlari sonini 27 taga yetkazdi va Yevropaning top-5 chempionatlari vakillari orasida peshqadamligini yanada mustahkamladi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinni "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 17 ta golli uzatma bilan egalab turibdi. Uchinchi pog'onada esa "Barselona" xavbeki Fermin Lopes 16 ta assist bilan joylashgan.
To'rtinchi o'rinni 15 tadan golli uzatma bilan bir nechta futbolchi bo'lishib turibdi: Yulian Ryuerson ("Borussiya Dortmund"), Arda Gyuler ("Real"), Lamin Yamal ("Barselona") va Luis Dias ("Bavariya").
Fikrlar