Olisening bahosini pul bilan o‘lchab bo‘lmaydi

  • 12.06.2026 15:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" hujumchi yarim himoyachisi Maykl Olise bilan xayrlashishni rejalashtirayotgani yo‘q.

Avvalroq matbuotda "Real" 24 yoshli futbolchi uchun 150 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq L’Équipe nashri yozishicha, shu hafta "Bavariya" rahbarlaridan biri suhbat davomida quyidagi fikrni bildirgan: "U hatto 200 million yevro uchun ham ketmaydi".

"Olise bahosini pul bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Hatto 500 million yevro taklif qilinsa ham, uni qo‘yib yubormaymiz", – deya qo‘shimcha qilgan nemis klubi direktorlar kengashining yana bir a’zosi.

Manbalarga ko‘ra, fransuz futbolchisiga "Manchester Siti" yoki PSJ da’vogarlik bo‘lishi mumkin edi. Ammo 2016/17 yilgi mavsumda akademiyasida to‘p surgan "Siti"ga qaytish Olise rejalariga kirmasligi aytilmoqda.

PSJ esa, kutilganidek, yaqin vaqtlarda yangi futbolchilar uchun ulkan mablag‘ sarflash niyatida emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!