Olive Jiru faoliyatini Rimda davom ettirishi mumkin
Rimning "Latsio" klubi "Chelsi" hujumchisi Olive Jiruning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rimliklar frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Endi faqatgina “aristokratlar”ning javobi barchasini hal qiladi. Biroq, “Chelsi” qishki transferlar davrida yangi hujumchi sotib olmadi va shu boisdan Jiruni qo‘yib yubormasligi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jiruga "Barselona", "Tottenxem" va "Inter" klublaridan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar