Olmo: "Barselona"dagi barcha futbolchi sovrin qo‘lga kiritishni istaydi"

  • 4 sentabr, 2024, 15:01
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo jamoaning barcha o‘yinchilari chempionlikni qo‘lga kiritishni xohlashlarini aytdi.

- Men yaqinda Evropa chempionatida g‘alaba qozondim. Men ko‘proq sovrin qo‘lga kiritishni xohlayman. Futbolchi g‘alabalarga chanqoqligini yo‘qota olmaydi va jamoadagilarning barchasi "Barsa" bilan sovrinlar yutish istagida, - deya Olmoning so‘zlarini keltiradi "Marca" nashri.

Eslatib o‘tamiz,Olmo avgust oyida Germaniyaning "RB Leyptsig" klubidan kataloniyaliklar safiga qo‘shilgan edi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt 26 yoshli yarim himoyachini 60 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!