
"Oltin to‘p"ga nomzod eng ko‘p futbolchi qaysi jamoadan?
"Oltin to‘p" sovriniga eng ko‘p nomzod "Manchester Siti" va "Chelsi" klublaridan ko‘rsatilgan. E’tiborlisi, bu Evropaning barcha klublari orasida eng yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi.
Aytish kerakki, hozirda "Chelsi"dan Jorjino, Sesar Aspilikueta, Romelu Lukaku, Meyson Maunt va N’Golo Kante, "Manchester Siti"dan Raxim Sterling, Riyod Mahrez, Fil Foden, Ruben Diash va Kevin De Bryuyne “Oltin to‘p”ga da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ni tantanali topshirish marosimi 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu sovrinni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi Lionel Messi hisoblanadi. Argentinalik futbolchining hisobida 6 ta “Oltin to‘p” mavjud.
Fikrlar