Oltin to‘pni Messi oladi (Marca)
Xabaringiz bor, bugun Frantsiyada oltin to‘pni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Marca va Mundo Deportivo nashrlarining xabar berishicha, "Barselona" forvardi Lionel Messi "Liverpul" himoyachisi van Deykdan ustun kelib, oltin to‘pni qo‘lga kiritadi.
2019 yilgi oltin to‘p sovrini argentinalik hujumchi uchun oltinchisi bo‘ladi. Shundan so‘ng, Messi 5 karra oltin to‘p sohibi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib, mutloq etakchiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.

Fikrlar